21.01.2026
Hurmatli Halilillo Sobirjonovich!
Sizni tavallud ayyomingiz munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz.
Sizning yuqori professional salohiyatingiz, mas’uliyatli va tizimli rahbarlik faoliyatingiz mamlakatimizda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida muhim natijalar berib kelmoqda.
Adolat va qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan izchil sa’y-harakatlaringiz, davlat siyosati ustuvor yo‘nalishlarini samarali amalga oshirishdagi hissangiz keng jamoatchilik tomonidan munosib e’tirof etilmoqda.
Mazkur sana munosabati bilan Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, tinchlik va barqarorlik, mas’uliyatli faoliyatingizda yuksak natijalar hamda kelgusidagi ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatingizga doimo omad yor bo‘lsin.
Chuqur hurmat bilan,
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi jamoasi