Telegram-bot Virtual qabulxona

21.01.2026

Fuqarolarning qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasidagi huquqlari ta’minlanmoqda

 O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida o‘rnatilgan yaqin va tizimli hamkorlik, xususan, ikki tashkilot o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va do‘stona munosabatlar natijasida bugungi kunda qurilish hamda uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan vazifalar ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish yo‘nalishida samarali hamkorlik izchil rivojlanib bormoqda.

Mazkur hamkorlik doirasida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida 2021-yil 1-fevral kuni imzolangan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum belgilangan tartibda uzaytirildi.

Ushbu Memorandum O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”, “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”, “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunlar, shuningdek “O‘zbekiston – 2030” Strategiyasi doirasida belgilangan maqsad va vazifalarning o‘z vaqtida hamda samarali ijrosini ta’minlashga qaratilgan.

Kelishuv doirasida tomonlar davlat hokimiyati vakillik organlari bilan hamkorlikda qurilish sohasida ijtimoiy himoya va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj fuqarolar manfaatlarini davlat va jamiyat tomonidan himoya qilish, buyurtmachi va pudratchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni shartnomalar hamda amaldagi qonunchilik hujjatlari asosida tartibga solishni ta’minlashga qaratilgan mexanizmlarni amalga oshirmoqda.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum doirasida qator samarali tadbirlar amalga oshirilganini e’tirof etadi hamda o‘rnatilgan konstruktiv va natijador hamkorlik uchun chuqur minnatdorlik bildiradi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00