21.01.2026
Jizzax shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro N.S. tomonidan “Rim zavod” nomli savdo markazida joylashgan 2-do‘kondan 210 000 so‘mga oyoq kiyim xarid qilingan.
Xariddan so‘ng poyafzalning sifatsizligi, xususan, suv o‘tkazishi holati aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan iste’molchi N.S. sotuvchiga murojaat qilib, mahsulotni qaytarish hamda to‘langan mablag‘ni qaytarib berishni talab qilgan.
Biroq sotuvchi tomonidan iste’molchining murojaati qanoatlantirilmagan.
Shundan so‘ng iste’molchi o‘zining buzilgan haq-huquqlarini tiklash maqsadida, Jizzax shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining “Ishonch telefoni”ga murojaat yo‘llagan.
Mazkur murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan amaldagi qonunchilik talablari asosida belgilangan tartibda o‘rganib chiqildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, sifatsiz oyoq kiyim uchun to‘langan 210 000 so‘m pul mablag‘ining iste’molchiga to‘liq qaytarib berilishi ta’minlandi.