Sarimsokov Jahongir Toshpulotovich
Контакт
- Должность:
- O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi
- Toshkent shahri, Islom Karimov Ko'chasi 55-uy
- Toshkent
- Tashkent
- 100003
- Узбекистан
- 712391401, 712597484
- https://istemol.uz/
Форма обратной связи
Дополнительная информация
-
Sarimsokov Jahongir Toshpulotovich – 1974-yil 04-mayda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy, huquqshunos, siyosatshunos.
1996-yilda Toshkent davlat universiteti (kunduzgi)ni tamomlagan. 1996-1999-yillarda Toshkent davlat universiteti tarix fakul’teti “Jahon tarixi va xalqaro aloqalar” kafedrasi kunduzgi bo‘lim aspiranti, Fransiyaning Renn universitetida amaliyot utagan. 2021-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti (magistratura)ni tamomlagan. 2004-2005-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchisi. Mehnat faoliyatini 2000-2001-yillarda Respublika “Ma’naviyat va Ma’rifat” Kengashi huquqiy targ‘ibot bo‘limi yetakchi, bosh mutaxassisi, 2001-2004-yillarda O‘zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Navoiy viloyat bo‘limi Kengashi raisi birinchi o‘rinbosari, 2005-2008-yillarda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Navoiy viloyat bo‘limi Kengashi raisi, 2008-2010-yillarda Uchquduq tuman hokimining kapital qurilish, kommunikatsiya, kommunal xo‘jaligi va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, hokim vazifasini bajaruvchi 2010-2010-yillarda Navoiy viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha yordamchisi, 2010-2014-yillarda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Navoiy viloyat hududiy birlashmasi raisi, 2014-2014-yillarda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiya raisi o‘rinbosari - Ijrochi direktori, 2014-2016-yillarda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi vazifasini bajaruvchi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 20 yil, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 25 yil, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 25 yil, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 30 yil, “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishonlari.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi a’zosi.