Huquqiy maʼlumot
- Информация о материале
- Автор: Qoraqalpog‘iston Respublikasi matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 21
⚖️ 1-Savol: Turizm va mehmonxona xizmatlari deganda nima tushuniladi?
Javob: ✈️ Turizm — insonlarning oʻzining doimiy yashaydigan hududidan boshqa joylarga sayohat qilishi, u yerlarni tomosha qilishi va dam olishi uchun vaqtincha borishi. Buning asosiy sharti — borgan davlatida (joyida) daromad olish bilan band boʻlmagan holda, doimiy yashash joyidan ketishi hisoblanadi.
🛋 Turistning ushbu ehtiyojlarini qondirish uchun maxsus xizmatlar taklif etiladi. Odatda, turistik xizmatlar — joylashtirish, ovqatlantirish, transport, ekskursiya va maslahat xizmatlarini koʻrsatish, shuningdek, turist va ekskursantning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan xizmatlar hisoblanadi.
🏢 Mehmonxona xizmati boʻlsa — mehmonning vaqtincha turadigan joyi, yana-da aniqroq aytganda, tunab qolishga boʻlgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan harakatlardan iborat. Bunda mehmon maxsus qulayliklarga ega boʻlgan xona bilan taʼminlanadi va unga mos ravishda qoʻshimcha xizmatlar majmuasi koʻrsatiladi. Mehmonxonada har qanday mehmon roʻyxatga olinadi va uning pasportiga oid maʼlumotlar tegishli kitobda qayd etiladi.
📌 Manba: "Turizm va mehmonxona xizmati sohasida isteʼmolchilarning huquq va majburiyatlari" kitobi
Sotib olgan buyumingiz nosoz chiqsa nima qilish kerak?
- Информация о материале
- Автор: Qoraqalpog‘iston Respublikasi matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 15
Kundalik turmushimizda kafolati bor buyum satib olib, ko‘p o‘tmay buzilib qolsa, ko‘pchilik nima qilishni bilmay qoladi. shunday holat Nukus shahrida yashovchi fuqaro R.R bilan ham yuz berdi.
U "A.S" do‘konidan 1 yillik kafolati bor suv nasosini satib oladi, biroq nasos tez orada ishlamay qoladi. Do‘kon xodimlari masalani hal qilishni kechiktirgandan so‘ng, fuqaro o‘z huquqini himoya qilib, Nukus shahri iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga (601-10-91) murojaat etadi. Jamiyat mutaxassislari aralashuvi bilan nasosning nosoz ekanligi tasdiqlanib, masala iste'molchi foydasiga ijobiy hal etildi.
Yodingizda tuting:
O‘z huquqingizni bilish — mablag‘ingizni va tinchligingizni saqlash deganidir! Qonun va adolat har doim siz tomonda.
🛍 Sotib olingan kiyimdagi dog‘ va o‘z vaqtida hal etilgan masala!
- Информация о материале
- Автор: Qoraqalpog‘iston Respublikasi matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 14
Ko‘pchiligimiz sotib olgan kiyimimizdan kamchilik topsak, "endi qaytarib bo‘lmaydi" deb qo‘l siltab ketamiz. Biroq huquqingizni bilsangiz, masala tez hal etiladi!
Xo‘jayli tumanida yashovchi N. Abdullayeva Nukusdagi "Liydil" do‘konidan 300 ming so‘mga oq rangli kiyim sotib oladi. Uyiga kelib qarasa, kiyimda dog‘ bor ekan. Sotuvchi kiyimni qaytarib olmagach, u Nukus shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga (601-10-91) murojaat etadi.
Natija: Jamiyat inspektori tomonidan tushuntirish ishlari olib borilib, iste’molchining kiyimi yangisiga almashtirib berildi.
"Murojaatim o‘z vaqtida va ijobiy hal etildi. Shu bois jamiyatga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman!" – deb yozadi fuqaro o‘z xatida.
💡 Yodda tuting: Iste’molchilik huquqingizni himoya qilishdan tortinmang!
QDU yotoqxonasidagi muammolar o‘z yechimini topmoqda
- Информация о материале
- Автор: Qoraqalpog‘iston Respublikasi matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 26
Yodingizda bo‘lsa, yaqinda kanalimizda Berdoq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetiga qarashli (davlat-xususiy sheriklik asosidagi) talabalar yotoqxonasidagi achinarli antisanitariya holati, xavfsizlik sharoitlarining yo‘qligi va noqonuniy pulli hisob-kitoblar haqida tanqidiy maqola e’lon qilingan edi.
Ushbu manzillar bo‘yicha rasmiy munosabat bildirildi. Yotoqxona uchun mas’ul bo‘lgan "ARGONYA" MChJ tomonidan tanqidiy maqolamizda ko‘rsatilgan kamchiliklar qat’iy nazoratga olinib, qisqa muddat ichida quyidagi ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilganligi ma’lum qilindi:
🛠 Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha qilingan ishlar: Talabalar yotoqxonasining ichki yashash xonalari, oshxona, hojatxona va yuvinish xonalarida to‘liq tozalash ishlari olib borildi. Siniq kranlar (smesitellar) almashtirilib, sanitariya qoidalari me’yorlariga muvofiqlashtirildi.
Chiqindilarni olib chiqish: Yotoqxona hududidagi chiqindi tashlash joylari tozalandi va bu bo‘yicha chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish uchun shartnomalar asosida ishlar yo‘lga qo‘yildi.
Hujjatlarni rasmiylashtirish: Talabalar bilan tuziladigan ijara shartnomalarini amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish ishlari boshlandi.
Xavfsizlik choralari: Yong‘in xavfsizligi, tibbiy yordam qutichalari (aptechkalar) va boshqa ham kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha maxsus chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
O‘z vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan qaragan, murojaatda ko‘rsatilgan xatoliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ul shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rish masalasi nazoratga olindi.
📌 Kanalimiz tomonidan: Talabalarning ehtiyojlarini e’tiborsiz qoldirmasdan, qisqa muddatda munosabat bildirgan va kamchiliklarni bartaraf etishga kirishgan "ARGONYA" MChJ va universitetga minnatdorchilik bildiramiz. Kamchiliklarning to‘liq bartaraf etilishi universitet tomonidan belgilangan muddatlarda ta’minlanishi ko‘zda tutilgan. Biz bu masalaga talaba yoshlarimiz yozgi ta’tildan qaytganidan so‘ng yana qaytamiz va boshqa oliy ta’lim muassasalarining yotoqxonalarini ham o‘rganib, talabalar hayotini yoritib boramiz, bizni kuzatishda davom eting.
Yoshlarimizning qulay sharoitda bilim olishi — barchamiz uchun ahamiyatli!
Страница 2 из 2
























