Выберите язык

   Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro A.B. O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining 1091 qisqa raqamiga murojaat qilib, Navoiy viloyati Xatirchi tumanida joylashgan «Sanjar Umid Trans» MChJga qarashli jarima maydonida saqlanayotgan avtomashinasi uchun undan 1 440 000 so‘m miqdorida jarima puli talab qilinayotganidan noroziligini bildirgan.
🔹 Mazkur murojaat Xatirchi tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganib chiqildi.
⚖️ O‘rganish jarayonida fuqaroning murojaati asosli ekani hamda 1 440 000 so‘mlik jarima puli noto‘g‘ri talab qilingani aniqlandi.
✅ Natijada iste’molchining huquq va manfaatlari himoya qilinib, undan talab qilingan 1 440 000 so‘mlik jarima puli bekor qilindi.
🤝 Fuqarolarning iste’molchi sifatidagi qonuniy huquqlarini himoya qilish va murojaatlariga amaliy yordam ko‘rsatish Federatsiyaning ustuvor vazifalaridan biridir.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening