Navoiy viloyati Karmana tumanida yashovchi fuqaro F.S. tomonidan 2026-yil 18-may kuni Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Telegram boti orqali murojaat yo‘llandi.
Murojaatda fuqaro Navoiy shahrida joylashgan savdo do‘konidan 1 million 100 ming so‘m evaziga xarid qilgan mobil telefoni nosoz holatda ekanligini, mahsulotdan foydalanish jarayonida turli muammolarga duch kelayotganini ma’lum qilgan.
Mazkur murojaat Navoiy shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish davomida iste’molchining e’tirozi asosli ekanligi aniqlanib, savdo do‘koni vakillari bilan tegishli tushuntirish va muzokaralar olib borildi.
Ko‘rilgan choralar natijasida iste’molchining qonuniy talabi qanoatlantirildi hamda nosoz telefon uchun to‘langan 1 million 100 ming so‘m pul mablag‘i savdo do‘koni tomonidan fuqaroga to‘liq qaytarib berildi.
Murojaatning ijobiy hal etilganidan mamnun bo‘lgan fuqaro F.S. o‘zining qonuniy huquqlarini tiklashda amaliy yordam ko‘rsatgan mutaxassislarga minnatdorlik bildirdi.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va iste’mol bozorida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.
1 MLN 100 MING SO'MLIK NOSOZ TELEFON UCHUN TO‘LANGAN PUL ISTE’MOLCHIGA QAYTARILDI
- Информация о материале
- Автор: Navoiy viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 115
























