Выберите язык


Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda yuzaga kelgan muammolarni amaliy yo‘l bilan hal etish borasida Oltinsoy tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda.
Oltinsoy tumani “Dugoba” MFYda yashovchi fuqaro Xolmurоdov Alisher tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi. Fuqaro o‘z murojaatida Oltinsoy tumani “Ippok” MFYda yashovchi fuqaro Mengnorov Ahliddindan 10 million so‘m pulini ololmayotganidan norozi ekanligini bildirib, mazkur masalada amaliy yordam so‘radi.
Murojaat Oltinsoy tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan ko‘rib chiqilib, fuqaroning muammosiga e’tibor qaratildi. Jamiyat raisi D. Qo‘shoqovaning aralashuvi va olib borilgan tegishli ishlar natijasida murojaatchi Xolmurоdov Alisherning talab qilayotgan 10 million so‘m mablag‘i Mengnorov Ahliddindan undirib berildi.
Shu tariqa fuqaroning murojaatida ko‘tarilgan masala ijobiy hal etilib, uning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga erishildi.
Murojaati ijobiy hal etilganidan mamnun bo‘lgan Xolmurоdov Alisher Oltinsoy tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati rahbariyati va xodimlariga o‘zining samimiy minnatdorligini bildirdi.
Mazkur holat fuqarolarning murojaatlari e’tibordan chetda qolmasligi, ularning muammolarini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish orqali ijobiy natijalarga erishish mumkinligini ko‘rsatadi.
Iste’molchi huquqi — qonun himoyasida! Oltinsoy tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening