Выберите язык

117-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida uchrashuv o‘tkazildi
Samarqand shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimi tomonidan 117-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida muassasa mudirasi Rustamova Jamila hamda xodimlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda iste’molchi sifatida o‘z huquqlarini bilish va ulardan to‘g‘ri foydalanish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, kundalik hayotda tovar va xizmatlardan foydalanishda iste’molchilarning huquqlariga rioya etilishi, muammoli holatlarga duch kelganda tegishli tartibda murojaat qilish hamda huquqlarini himoya qilish mexanizmlari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening