Выберите язык

       Navoiy viloyati Karmana tumani “Beshkent” MFY, Rohat ko‘chasi 4-uy, 16-xonadonda yashovchi fuqaro Xurshid Po‘latovning 2026-yil 2-mart kuni O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch telefoniga yo‘llagan og‘zaki murojaati ko‘rib chiqildi.

       Murojaatda fuqaro Karmana tumani “Yangi obod” MFY hududida joylashgan gaz quyish shoxobchasida avtomobiliga 126 000 so‘mga gaz quygan bo‘lsa-da, amalda gaz quyilmaganidan norozi bo‘lib, amaliy yordam so‘ragan.

      Mazkur murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan qonuniy tartibda o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida gaz quyish shoxobchasi rahbariyatiga iste’molchining qonuniy manfaatlari tushuntirildi.

      Natijada, iste’molchiga yetkazilgan zarar bartaraf etilib, 126 000 so‘m mablag‘ fuqaroning shaxsiy plastik kartasiga qaytarib berildi.

     Shu tariqa, iste’molchining huquqlari tiklandi.

     Hurmatli iste’molchilar, kelgusida huquqlaringiz buzilgan taqdirda O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining hududiy bo‘limlariga murojaat qilishingiz, shuningdek, bevosita huquqni muhofaza qiluvchi organlar yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega ekanligingizni eslatib o‘tamiz.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening