Buyurtma o‘z vaqtida bajarilishi va mahsulotni o‘rnatib berish — iste’molchining haqli talabi!
Iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda yuzaga kelgan muammolarni qonuniy tartibda hal etish Federatsiya tizimida amalga oshirilayotgan ishlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Toshkent shahar hududiy birlashmasiga iste’molchi tomonidan Izza bozori hududida joylashgan “Muxtasham Dur” do‘koniga nisbatan murojaat kelib tushdi. Murojaatda bayon etilishicha, iste’molchi joriy yilning 20-avgust kuni mazkur do‘kondan 5 dona eshik buyurtma qilgan va buning uchun 13 million so‘m to‘lovni amalga oshirgan. Biroq buyurtmaning kechiktirilayotgani, shuningdek, do‘kon tomonidan eshiklarni o‘rnatib berish xizmati ko‘rsatilmasligi, iste’molchining o‘zi usta topib, o‘rnatish ishlarini tashkil etishi lozimligi bildirilgani uning haqli e’tiroziga sabab bo‘lgan.
Mazkur murojaat Uchtepa tuman jamiyati tomonidan belgilangan tartibda o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida iste’molchi bildirgan e’tirozlar yuzasidan tegishli ishlar olib borildi.
Natijada, iste’molchining talabi ijobiy hal etilib, buyurtma qilingan 5 dona eshikni do‘konning o‘zi tomonidan o‘rnatib berilishiga erishildi. Ushbu holat iste’molchilar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va muammolarni amaliy natija bilan hal etish muhim ahamiyatga ega ekanini yana bir bor ko‘rsatadi.
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi tizimidagi hududiy birlashma va tuman jamiyatlari tomonidan fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, ularning huquqiy manfaatlarini ta’minlash hamda iste’mol madaniyatini yuksaltirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
13 million so‘mlik buyurtma yuzasidan iste’molchi murojaati ijobiy hal etildi
- Информация о материале
- Автор: Poytaxt matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 15
























