Выберите язык

15 mart — Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni munosabati bilan seminar o‘tkazildi

15 mart — Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni munosabati bilan Namangan davlat texnika universitetida talabalar va professor-o‘qituvchilar ishtirokida targ‘ibot-seminar tashkil etildi.

Tadbir O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Namangan viloyati hududiy birlashmasi hamda Namangan shahar ijro etuvchi apparati tomonidan o‘tkazilib, unda ishtirokchilarga iste’molchilarning qonuniy huquqlari, ularni himoya qilish tartibi hamda amaldagi qonunchilik haqida tushunchalar berildi.

Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati, iste’molchilarning xavfsizlik, axborot olish, tanlash va murojaat qilish huquqlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, ishtirokchilarga amaliy misollar orqali murojaat qilish tartiblari tushuntirildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening