Выберите язык

Mo'ynoq tumanida yashovchi fuqaro shartnoma asosida "M.S.E" korxonasidan quvvati 3 kilovatt bo'lgan, bahosi 15 million so'mlik quyosh panelini sotib olgan, oradan biroz vaqt o'tib quyosh panelida nosozlik kelib chiqqan.

Vaziyat bo'yicha iste'molchi telefon orqali korxona bilan bog'lanib, yaroqlilik muddati davomida quyosh panelini tuzatib berishini so'ragan, biroq korxona mutaxassislari turli bahonalar aytib, tuzatish ishlarini keyinga suravergan.

So'ng iste'molchi Mo'ynoq tumani iste'molchilar jamiyatlari federatsiyasiga sotuvchining shartnomada ko'rsatilgan muddati asosida bo'lib o'tgan masala bo'yicha amaliy yordam berishini so'rab murojaat qilgan.

Murojaat bo'yicha soha mutaxassislari qonun va qonunosti hujjatlari asosida o'rganish ishlarini olib bordi.
O'tkazilgan tushuntirish ishlari natijasida qisqa muddat ichida iste'molchining quyosh paneli tuzatib berilishiga erishildi

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening