Romanov Sanibek Jarqulovich Zarafshon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilib, “MIRONSHOX CITY ZAR” MChJ bilan yuzaga kelgan moliyaviy nizoda amaliy yordam so‘radi.
⚖️ Aniqlanishicha, fuqaro bilan “MIRONSHOX CITY ZAR” MChJ o‘rtasida 2024-yil 29-yanvar kuni tuzilgan 445-sonli shartnomaga asosan 136 700 000 so‘m to‘lov amalga oshirilgan. Biroq 2024-yil sentabr oyida shartnoma shartlari bo‘yicha topshirilishi lozim bo‘lgan tovar belgilangan tartibda yetkazib berilmagan.
Shu sababli fuqaro shartnomani bekor qilish va to‘langan mablag‘ni qaytarish masalasida murojaat qilgan. Murojaatga ko‘ra, to‘langan mablag‘dan 150 000 000 so‘mni qaytarish masalasi yuzaga kelgan.
🔹 Mazkur murojaat yuzasidan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Navoiy viloyat hududiy birlashmasi Zarafshon shahar jamiyati vakili B. Halimov tomonidan fuqaroning manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.
Dastlabki sud majlisida da’vogar tomonning talablari qo‘llab-quvvatlanib, sud jarayonida iste’molchining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan dalillar taqdim etildi.
⚖️ Sud muhokamasi davomida javobgar tomonning vajlari va taqdim etilgan hujjatlar ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 220-moddasi talablariga muvofiq, da’vogar vakilining ishtirokisiz ishni ko‘rish masalasi yuzasidan tegishli protsessual tartib qo‘llanildi.
Natijada sud tomonidan fuqaro Romanov Sanibek Jarqulovichning da’vo talablari qo‘llab-quvvatlanib, “MIRONSHOX CITY ZAR” MChJdan 150 000 000 so‘m mablag‘ni undirish masalasi bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.
150 MILLION SO‘MLIK QARZDORLIK SUD QARORI ASOSIDA UNDIRILISHI BELGILANDI
- Информация о материале
- Автор: Navoiy viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 223
























