Выберите язык

  Zarafshon shahar Oazis bog‘dorchilik jamiyatida yashovchi fuqaro D. Ochilov xonadonida qozonxona o‘rnatish bo‘yicha ustalar xizmatidan foydalangan.
Biroq ko‘rsatilgan xizmat sifati belgilangan talablar darajasida bo‘lmagani sababli fuqaro o‘z huquqlarini himoya qilish maqsadida tegishli tartibda Zarafshon shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi.
  Murojaat asosida o‘rganish ishlari olib borilib, iste’molchi manfaatlarini ta’minlash maqsadida xizmat ko‘rsatuvchi tomon bilan zarur tushuntirish ishlari olib borildi hamda amaliy choralar ko‘rildi.
Natijada qiymati 2 500 000 so‘mlik xizmat ishlari qayta ko‘rib chiqilib, qozonxona o‘rnatish ishlari sifatli va belgilangan talablar asosida qayta amalga oshirildi.
Mazkur holat iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, sifatsiz ko‘rsatilgan xizmatlarni bartaraf etish borasida olib borilayotgan ishlarning amaliy natijasi bo‘ldi.
📞 Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha murojaatlar uchun 1091 ishonch telefoni faoliyat yuritmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening