Выберите язык

🔴 LIVE: ONLAYN MULOQOT

Ayni paytda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi o‘rinbosari Jamshid Hamrayev raisligida tanqidiy-tahliliy ruhdagi videomuloqot o‘tkazilmoqda. Unda joriy yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar chuqur tahlil qilinib, erishilgan natijalar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.

Mazkur videomuloqotda Federatsiya markaziy apparati mas’ullari, shuningdek, hududiy studiyalardan boshqarma boshliqlari hamda tizim matbuot xizmati rahbarlari ishtirok etmoqda.

Yig‘ilish davomida sohada olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, iste’molchilar huquqlarini ishonchli himoya qilish, murojaatlar bilan ishlash sifatini yanada yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening