Выберите язык

Ellikqala tumanida yashovchi fuqaro "X.Sh" tuman markazida joylashgan Navoiy ko‘chasidan 295 mln so‘mga turar joy sotib olgan. Quruvchi bir oy ichida kamchiliklarini bitirib yashash uchun tayyor holatga keltirib topshirishini aytgan.

Biroq, quruvchi uy-joy shartnomasiga muvofiq tegishli tartibda topshirmaganligi uchun kelishmovchilik kelib chiqqan.

Iste’molchi Ellikqala tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat etib yuz bergan masalada huquqini himoya qilishda amaliy yordam so‘raydi.

Mutaxassislar tomonidan murojaatni o‘rganish davomida haqiqatdan ham uyni isitish qurilmalari, oshxonada idish yuvish o‘rinlari o‘rnatilmaganligi, kanalizatsiya quduqlarining atrofi mustahkam yopilmaganligi aniqlandi.

Soha mutaxassislarining olib borgan tushuntirish ishlari natijasida iste’molchini uzoq muddat davomida ovoraga qo‘ygan muammolar bartaraf etilib murojaat ijobiy yechim topdi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening