Выберите язык

          2026-yil 15-aprel kuni Zarafshon shahri 14-kichik hudud 3-uy 22-xonadonda yashovchi fuqaro H. M. tomonidan Zarafshon shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga og‘zaki murojaat qilindi. Murojaatda fuqaro savdo do‘konidan 3 000 000 so‘mga xarid qilgan changyutgich nosoz chiqqanidan norozi ekanligini ma’lum qilgan.

        Mazkur murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan zudlik bilan o‘rganib chiqildi hamda iste’molchining qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

        Natijada fuqaro tomonidan xarid qilingan nosoz changyutgich yangisiga almashtirib berildi va murojaat ijobiy hal etildi.

        Bu kabi amaliy ishlar iste’molchilarning huquq va mafaatlarini ta'minlash, aholi murojaatlariga tezkor yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.        

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening