Выберите язык

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening

Jizzax tumanlararo fuqarolik ishlari bo‘yicha sudida iste’molchi huquqlarini himoya qilishga oid navbatdagi ish ko‘rib chiqildi.

Sud raisi J. Halimova raisligida bo‘lib o‘tgan ochiq sud majlisida O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Jizzax viloyat hududiy birlashmasi tomonidan fuqaro Sh. Q. manfaatlarini ko‘zlab, “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filialiga nisbatan kiritilgan da’vo arizasi qanoatlantirildi.

Ish materiallariga ko‘ra, “Hududgaz Jizzax”ning Sharof Rashidov tuman bo‘limi xodimi tomonidan fuqaro Sh. Q.ga nisbatan tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanganlik holati yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, 35 million 16 ming so‘m miqdorida qarzdorlik hisoblangan.

Biroq sud jarayonida mazkur dalolatnoma qonun talablari buzilgan holda tuzilgani aniqlandi. Xususan, dalolatnoma iste’molchi ishtirokisiz, uning imzosiz hamda xolislar jalb etilmagan holda rasmiylashtirilgan.

Sud Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-sonli qarori bilan tasdiqlangan tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga tayangan holda, bunday holatlarda dalolatnoma vakolatli xodimlar va iste’molchi ishtirokida, belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi shartligini qayd etdi. Mazkur ishda esa ushbu talablar bajarilmagan.

Shuningdek, sud tomonidan iste’molchining tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati mavjud emasligi aniqlandi.

Natijada sud “Hududgaz Jizzax” tomonidan tuzilgan dalolatnomani haqiqiy emas deb topdi hamda 35 million 016 ming 000 so‘m miqdorida hisoblangan qarzdorlikni bekor qildi. Shu bilan birga, gaz ta’minoti tashkilotining tuman bo‘limi zimmasiga iste’molchi bo‘yicha qayta hisob-kitob qilish majburiyati yuklatildi.