Выберите язык

    2026-yil 9-sentabr kuni O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining 1091 qisqa raqamiga Navoiy shahar M. Tarobiy ko‘chasida yashovchi fuqaro F.X. murojaat qildi.
🔹 Murojaatchining ma’lum qilishicha, u 2026-yil 8-avgust kuni avtosalon bilan BYD Sinf Plus rusumli avtomashinani xarid qilish bo‘yicha shartnoma tuzgan va avtomobil qiymatining 30 foizini oldindan to‘lagan.
🚘 Shartnomaga ko‘ra, avtomobil 25-avgust kuni topshirilishi kerak bo‘lgan. Biroq belgilangan muddatda avtomobil yetkazib berilmagani sababli fuqaro bundan norozi bo‘lib, o‘z huquqlarini himoya qilish maqsadida Federatsiyaning 1091 qisqa raqamiga murojaat qilgan.
⚖️ Murojaat Navoiy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganilib, tegishli amaliy choralar ko‘rildi.
✅ Natijada fuqaroning murojaati ijobiy hal etilib, buyurtma qilingan avtomobil 2026-yil 12-sentabr kuni iste’molchiga topshirildi.
🤝 Ushbu holat iste’molchilar murojaatlarining o‘z vaqtida o‘rganilishi va ularning qonuniy huquq hamda manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan amaliy ishlarning yana bir namunasidir.
📞 Iste’molchi huquqlaringiz buzildimi? 1091 raqamiga murojaat qiling!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening