Выберите язык

       Navoiy viloyati Navbahor tumani “Oq Oltin” MFY, Ziyonur ko‘chasi 49-uyda yashovchi fuqaro Amina Mirjamalovaning 2026-yil 24-fevral kuni O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Navbahor tuman jamiyatiga yo‘llagan yozma murojaati ko‘rib chiqildi.

      Murojaatda fuqaro Navbahor tuman suv ta’minoti bo‘limi tomonidan xonadoniga o‘rnatilgan suv hisoblagich plombasi uzilgan, degan vaj bilan asossiz ravishda 4 120 000 so‘m jarima hisoblangani yuzasidan norozilik bildirgan.

      Mazkur murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan qonuniy tartibda o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida suv ta’minoti bo‘limi xodimlariga iste’molchining qonuniy manfaatlari tushuntirildi. Natijada fuqaro zimmasiga yuklatilgan 4 120 000 so‘mlik jarima asossiz deb topilib, bekor qilindi.

     Shu tariqa, iste’molchining huquqlari tiklandi.

     Hurmatli iste’molchilar, kelgusida huquqlaringiz buzilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining hududiy bo‘limlariga murojaat qilishingiz, shuningdek, bevosita huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda sudga murojaat qilish huquqiga ega ekanligingizni eslatib o‘tamiz.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening