Выберите язык

Hozirgi vaqtda fuqarolarning huquqiy savodxonligi va o‘z haq-huquqlarini talab qilish madaniyati kun sayin kuchayib bormoqda. Ayniqsa, qimmatbaho maishiy texnikalarni xarid qilishda kamchiliklar chiqqanda, iste’molchining qonuniy himoyalanganligi muhim ahamiyatga ega.

Mo‘ynoq tumani "Talli o‘zak" MFYda yashovchi fuqaro Gulsim Klishbayeva shu yilning 15-may kuni Nukus shahridagi, "M.A" savdo do‘konidan 4 500 000 so‘mga "S" markali havo sovutgichni (konditsioner) sotib olgan.

Lekin oradan ko‘p o‘tmay, iyul oyida uskuna butunlay ishdan chiqqan. Ishdan chiqqan havo sovutgich servis markaziga olib borilib nosozlik tuzatilgan bo‘lsa-da, ko‘p o‘tmay havo sovutgich yana ishlamay qolgan.

Ketma-ket chiqqan nosozliklar va ovoragarchiliklardan charchagan fuqaro Qoraqalpog‘iston Respublikasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga murojaat qilgan.

Murojaat Nukus shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan nazoratga olinib qonuniy tarzda o‘rganib chiqildi.

Mutaxassislar "Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunning 11, 13, 14-moddalariga asoslanib, "A.S" va "A.S" MCHJ rahbariyatiga rasmiy xatlar yo‘llagan. Qonun talabiga muvofiq, tovarning qayta-qayta nosoz chiqqanligi ogohlantirilib, "A.S" MCHJ tomonidan qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazilgan.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining qonuniy aralashuvi va qat’iy nazorati natijasida, fuqaro Gulsim Klishbayevaning buzilgan havo sovutgichi yangisiga to‘liq almashtirib berildi.

Shu tariqa iste’molchining huquqlari to‘liq himoya qilindi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening