Выберите язык

Navoiy shahrida yashovchi fuqaro S.А. Tailand davlatiga sayohat qilish maqsadida 4 nafar yoʼlovchi uchun jami 39 million 840 ming soʼmlik aviachipta xarid qilgan. Biroq rejalashtirilgan parvoz bekor qilingan. Shundan soʼng fuqaro chipta pullarini qaytarish masalasida muammoga duch kelgan.

Fuqaro bir necha bor murojaat qilganiga qaramay, toʼlangan mablagʼ oʼz vaqtida qaytarilmagan. Natijada u oʼz huquqlarini himoya qilish maqsadida Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasining 1091 ishonch raqamiga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaroga Navoiy shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan amaliy yordam koʼrsatildi.  

Olib borilgan ishlar natijasida S.А.ga 39 million 840 ming soʼm miqdoridagi aviachipta puli toʼliq qaytarib berildi.

Mazkur holat isteʼmolchilar oʼz huquqlarini bilishi va zarur hollarda tegishli tashkilotlarga murojaat qilishi muhim ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening