💸42 000 000 soʻmlik buyurtma toʻlliq yetkazildi
📞1091 — Ishonch telefoni orqali Samarqand tumani Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro X.Sh tomonidan murojaati kelib tushgan.
Murojaatda fuqaro Samarqand tumani “Yog‘och bozori” hududida joylashgan AKFA ROM korxonasi xodimlariga uyida deraza romlarini o‘rnatish bo‘yicha buyurtma berganini ma’lum qilgan. Buyurtma uchun jami 42 000 000 (qirq ikki million) so‘m miqdorida to‘lov amalga oshirilgan.
Fuqaroning murojaatiga ko‘ra, buyurtma asosida 20 ta 4 ta-eshikli eshik va deraza romlari tayyorlanishi hamda o‘rnatilishi lozim bo‘lgan. Biroq belgilangan muddatda buyurtma bajarilmagan, shuningdek, buyurtma qilingan mahsulotlar o‘z vaqtida yetkazib berilmaganligi sababli fuqaro o‘z noroziligini bildirgan va masalani ijobiy hal etishda amaliy yordam so‘ragan.
Murojaat Samarqand tumani Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan belgilangan tartibda o‘rganib chiqildi. O‘rganish davomida murojaatda ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan tegishli tushuntirish va aniqlashtirish ishlari olib borildi hamda iste’molchining qonuniy talablari inobatga olindi.
O‘rganish yakuni bo‘yicha mas’ullar tomonidan tegishli choralar ko‘rilib, iste’molchi bilan bog‘liq muammo bartaraf etildi. Buyurtma bo‘yicha kelishmovchilik ijobiy hal qilinib, fuqaroning murojaatida ko‘rsatilgan talablar qanoatlantirildi.
Natijada fuqaroning murojaati bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi va murojaat ijobiy hal etildi.
Murojaatni ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha fuqaro xabardor qilindi.
💸42 000 000 soʻmlik buyurtma toʻlliq yetkazildi
- Информация о материале
- Автор: Samarqand viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 11
























