Выберите язык


   Karmana tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan navbatdagi fuqaroning yozma murojaati ijobiy hal etildi.
🔹 Gap shundaki, Karmana tumanida yashovchi fuqaro o‘zining Cobalt rusumli avtomobiliga 4 600 000 so‘m evaziga metan gaz balloni o‘rnatgan. Biroq, o‘rnatilgan metan gaz balloni sifatsiz bo‘lib chiqqanligi sababli undan foydalanishning imkoni bo‘lmagan.
⚖️ Fuqaro 2026-yil may oyidan buyon ushbu muammoni hal etish uchun sarson bo‘lib yurgan. Shundan so‘ng u Karmana tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma murojaat qilgan.
✅ Jamiyat tomonidan murojaat qisqa muddatda o‘rganilib, tegishli choralar ko‘rildi. Natijada, atigi 2 kun ichida iste’molchining 4 600 000 so‘m puli to‘liq qaytarib berildi.
🤝 Iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlariga amaliy yechim topish jamiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening