Выберите язык

  Navoiy shahrida yashovchi fuqaro S.S. 2026-yil 20-may kuni Karmana tumanida joylashgan savdo do‘konidan 5 500 000 so‘m evaziga oshxona mebeli xarid qilgan. Biroq foydalanish jarayonida mebel jihozida nuqsonlar aniqlanib, mahsulot sifati belgilangan talablarga javob bermagani sababli iste'molchi O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch raqamiga murojaat qilgan.
🔹 Murojaat Karmana tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganilib, sotuvchi bilan olib borilgan tushuntirish va qonuniy choralar natijasida muammo ijobiy hal etildi.
✅ Natijada nuqsonli oshxona mebeli iste'molchiga yangisiga almashtirib berildi va fuqaroning qonuniy huquqlari tiklandi.
🤝 O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini tezkor va samarali hal etish borasidagi ishlarini izchil davom ettirmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening