Выберите язык

       Konimex tumanida yashovchi fuqaro I. Sh. 2026 yil 18 mart kuni tuman markazida joylashgan savdo do‘konidan 5 million so‘mga kir yuvish mashinasi xarid qilgan. Biroq, mazkur texnika nosoz holatda chiqqanligi sababli fuqaro norozi bo‘lib, yozma ravishda murojaat yo‘llagan.

      Ushbu murojaat Konimex tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida servis xizmati markazining dalolatnomasi asosida mahsulotda nuqson mavjudligi tasdiqlandi.

     Natijada, iste’molchining qonuniy talabi inobatga olinib, nosoz kir yuvish mashinasi yangisiga almashtirib berildi.

     Mazkur holat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimi samarali ishlayotganini, fuqarolar o‘z huquqlarini bilib, murojaat qilgan taqdirda adolat qaror topishini yana bir bor tasdiqlaydi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening