Выберите язык

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi navbatdagi murojaat Qiziriq tumanida ijobiy yechim topdi.

Fuqaro Ishpo‘latova N. o‘ziga nisbatan “Qiziriq Invest” MCHJ tomonidan 897 ming so‘m miqdorida noreal qarzdorlik hisoblanganidan norozi bo‘lib, O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli “Ishonch telefoni” orqali murojaat qildi.

Murojaat 2026-yil 16-iyul kuni ro‘yxatga olinib, Qiziriq tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ijro etuvchi apparati tomonidan belgilangan tartibda o‘rganildi.

O‘rganishlar va jamiyat xodimlarining amaliy aralashuvi natijasida fuqaro zimmasiga asossiz ravishda hisoblangan 897 000 so‘mlik noreal qarzdorlik qayta hisob-kitob qilinib, to‘liq bekor qilindi. Natijada iste’molchining qonuniy manfaatlari tiklandi.

Mazkur holat iste’molchilarning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklash borasida olib borilayotgan ishlarning yana bir amaliy natijasidir.

Eslatib o‘tamiz: iste’molchilar o‘z huquqlari buzilgan holatlarda Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli “Ishonch telefoni” orqali murojaat qilishlari mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening