Выберите язык

Bugungi kunda fuqarolarning o‘z huquqlarini talab qilishi jamiyatdagi ochiqlik va adolatni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Shunga qaramay, Taxtako‘pir tumanida yuzaga kelgan quyidagi holat murojaatchining haqli e’tiroziga sabab bo‘lmoqda.Murojaatning asosiy mazmuni:

Taxtako‘pir tumanidagi maktablardan birida ishlaydigan o‘qituvchi Z.Umarova 2024 yil 17 oktyabrda pensiyaga chiqqan. Unga dastlab 3 400 000 (uch million to‘rt yuz ming) so‘m pensiya hisoblanib, 2026 yilning iyun oyiga qadar shu miqdorda to‘lab kelingan.

Fuqaro 2026 yilning iyun oyida o‘ziga belgilangan pensiyani qayta hisoblaganda, summa 4 200 000 so‘mga ko‘paygan.
2024-yilning oktyabridan 2026-yilning iyul oyigacha bo‘lgan davrdagi to‘lanmay qolgan summalarni (20 oy davomidagi) talab qilib borgan vaqtida, nafaqa tayinlash guruhi boshlig‘i M.N. tomonidan "to‘lanmaydi" degan tushunarsiz javob olgan.

Iste’molchi Z.Umarova 2024-2026 yillar oralig‘ida o‘ziga tegishli bo‘lgan, kam to‘lab kelingan pensiya pullarining to‘liq undirib berilishini va bu masalada amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab Taxtako‘pir tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga murojaat qilgan.

Murojaat federatsiya mutaxassislari tomonidan qonun asosida o‘rganib chiqilib, iste’molchining huquqlari har tomonlama himoya qilindi. Natijada fuqaroga ajratilgan pensiya miqdori 3 400 000 ming so‘mdan 4 200 000 so‘mga ko‘paytirib berilishiga erishildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening