Выберите язык

Hozirgi vaqtda fuqarolarning murojaatlariga o‘z vaqtida e’tibor qaratish va ularning qonuniy tarizda huquqlarini tiklash – asosiy vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Ushbu yo‘nalishda Amudaryo tumanida ham samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Amudaryo tumani "Chordara" MFYda yashovchi fuqaro Y.Sh. Qoraqalpoǵiston Respublikasi  iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ishonch telefoniga murojaat etgan.

O‘z murojaatida 2026-yilning 16-mart kunidan mehnat ta’tiliga chiqqanini, biroq ushbu kunga qadar mehnat ta’tili puli berilmaganligini, shuningdek, o‘zi 2-guruh nogironi bo‘lishiga qaramasdan boshqa xodimlar qatori 40 soat ishlash talab qilinayotganligini bildirib norozilik ko‘rsatgan.

Bu masala Amudaryo tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan nazoratga olinib, unga O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 218-moddasiga tayanib 2-guruh nogironi bo‘lgani sababli 30 kalendar kundan iborat uzaytirilgan mehnat ta’tili belgilab berildi.

Shuningdek, "Uzasbo" dasturi orqali mehnat ta’tili davri uchun tegishli to‘lovlar to‘liq amalga oshirildi va qonunda ko‘rsatilganidek 36 soatlik qisqartirilgan ish vaqti belgilanib, huquqlari to‘liq tiklandi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening