Выберите язык

Aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlarning sifati va shaffofligini ta’minlash, iste’molchilar huquqlarini ishonchli himoya qilish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatishda qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan muntazam nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan 2026 yilning birinchi yarim yilligida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlarini ko‘rsatuvchi “Y… O… B…” MChJ faoliyati o‘rganildi.

Tekshiruvlar natijasida ayrim hududlarda xizmatlar belgilangan hajm va sifat darajasida bajarilmagani, ayrim hollarda esa umuman ko‘rsatilmagan bo‘lsa-da, iste’molchilardan belgilangan tartibda to‘lov undirilgani aniqlandi.

Oqibatda korxona tomonidan iste’molchilar hisobidan 6 milliard 500 million so‘m miqdorida asossiz daromad olingani ma’lum bo‘ldi. Mazkur holat iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlariga zarar yetkazish bilan birga, kommunal xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi amaldagi qonunchilik talablarining buzilishiga olib kelgan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atildi. Korxonaga qonunbuzilishlarni bartaraf etish, kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda iste’molchilardan asossiz undirilgan mablag‘larni qaytarish bo‘yicha majburiy ko‘rsatma berildi.

Ko‘rilgan choralar natijasida 6,5 milliard so‘mlik asossiz undirilgan mablag‘ning 3,5 milliard so‘mi iste’molchilar foydasiga qaytarildi. Qolgan mablag‘larni qaytarish hamda ko‘rsatmaning to‘liq ijrosini ta’minlash yuzasidan nazorat ishlari davom ettirilmoqda.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va kommunal xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan nazorat tadbirlari kelgusida ham izchil davom ettiriladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening