Выберите язык

         Navoiy viloyati Navbahor tumani “Oq Oltin” MFY, Ziyonur ko‘chasi 49-uyda yashovchi fuqaro Amina Mirjamalovaning 2026-yil 24-fevral kuni O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Navbahor tuman jamiyatiga qilgan yozma murojaati yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.
        Murojaatda fuqaro tomonidan Navoiy viloyati Navbahor tuman suv ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan xonadonga o‘rnatilgan suv hisoblagich plombasi uzilgan degan vaj bilan asossiz ravishda 4 120 000 so‘m jarima hisoblangani yuzasidan norozilik bildirilgan.
        Mazkur murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan qonuniy tartibda o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida suv ta’minoti bo‘limi xodimlariga iste’molchining qonuniy manfaatlari tushuntirildi. Natijada fuqaro zimmasiga asossiz ravishda hisoblangan 4 120 000 so‘m jarima bekor qilindi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening