Выберите язык

Qo‘ng‘irot tumani fuqarosi T.Baltaboyev tumandagi "I" do‘konidan shartnoma asosida havo sovutgich va kir yuvish mashinasini sotib olgan. Biroq do‘kon mutaxassislarining xatosi tufayli fuqaroning nomiga narxi 13 188 000 so‘m bo‘lgan "65NU900B6LA" rusumli televizor qo‘shimcha rasmiylashtirilib yuborilgan.

Fuqaro bu xatoni sezganidan so‘ng do‘konga borib shartnomani bekor qilishni so‘ragan, biroq do‘kon mutaxassislari bu bo‘lmasligini aytib rad etgan.

O‘sha vaqtda fuqaro Qo‘ng‘irot tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma ravishda murojaat qilgan. Jamiyat mutaxassislari tomonidan masala tezkorlik bilan o‘rganilib, do‘kon rahbari va xodimlari bilan qonun asosida tushuntirish ishlari olib borilgan.

Amaliy yordam natijasida kompaniya bosh ofisi shartnomani qonuniy ravishda bekor qilgan. Fuqaro o‘z navbatida bu amaliy yordam uchun jamiyatga o‘zining minnatdorchiligini bildirdi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening