Выберите язык

         Navoiy shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan 2026 yil 1–3 aprel kunlari Navoiy shahridagi avtobekatlarda aholiga yaratilgan sharoitlar jamoat nazorati tartibida o‘rganildi. Mazkur o‘rganishlar davomida aholining, xususan, jamoat transportidan foydalanuvchi iste’molchilarning qulayligi va huquqlari asosiy e’tiborga olindi.

        O‘rganishlar natijasida aniqlanishicha, ayrim tadbirkorlar tomonidan foydalanilayotgan avtobekatlarda ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Xususan, avtobus kutayotgan fuqarolar uchun kutish joylari kengaytirilmoqda, qo‘shimcha o‘tirgichlar o‘rnatilmoqda hamda bekatlarning umumiy holatini yaxshilash bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

        Bu kabi amaliy chora-tadbirlar iste’molchilarga yanada qulay sharoit yaratish, ularning vaqtini mazmunli va qulay o‘tkazishiga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, jamoat nazorati tadbirlari orqali mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berilmoqda.

       Navoiy shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan bu kabi o‘rganishlar kelgusida ham davom ettirilib, aholining manfaatlari va huquqlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening