Выберите язык

Mamlakatimizda iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni tezkor va samarali hal etish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, ularning buzilgan huquqlarini tiklash hamda iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Asaka shahri Mustahkam MFY hududida istiqomat qiluvchi fuqaro I. Qahhorov Andijon shahrida joylashgan «Kapital bank» AJ bankomati orqali o‘zining VISA karta hisob raqamiga 2 700 AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ni kiritish maqsadida operatsiya amalga oshirgan. Biroq texnik nosozlik sababli ushbu mablag‘ karta hisob raqamiga tushmay qolgan.

Yuzaga kelgan muammo sababli fuqaro O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining 1091 qisqa raqamli “Ishonch telefoni”ga murojaat qilgan.

Murojaat Andijon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan belgilangan tartibda o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida tegishli bank tashkiloti bilan hamkorlikda mablag‘ harakati yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilib, texnik nosozlik tufayli yuzaga kelgan holat batafsil tahlil qilindi.

Ko‘rilgan amaliy choralar natijasida bankomat orqali karta hisob raqamiga tushmay qolgan 2 700 AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ fuqaroning VISA karta hisob raqamiga to‘liq qaytarildi.

Natijada iste’molchining buzilgan huquqlari tiklanib, murojaatda ko‘tarilgan masala ijobiy hal etildi.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tizimi tomonidan fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ularning murojaatlarini samarali hal etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening