Выберите язык


Bu kabi bayram kayfiyati hamda bolajonlarga boʻlgan yuqori eʼtibor va gʻamxoʻrliklar Taxtakoʻpir va Chimboy tumanlarida ham keng turda nishonlandi.

Tuman hududidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida, madaniyat markazlarida bolalarning koʻzlarida quvonch oʻynadi. Kelajagimiz egalari uchun maxsus konsert dasturlari, qoʻshiq va raqslar hamda turli tanlovlar tashkil etilib, bayram har bir bola uchun unutilmas damlarga boy boʻldi.

Shuningdek, tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tomonidan 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan ajoyib xayr-sahovat va eʼtibor tadbirlari olib borildi. Tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarining (MTT) tarbiyalanuvchilariga jamoatchilik tomonidan oʻzgacha hurmat-eʼtibor koʻrsatildi va ajoyib sovgʻalar topshirildi.

Bu sovgʻalar va gʻamxoʻrliklar bogʻcha tarbiyalanuvchilarining yuzlariga kulgi va cheksiz quvonch bagʻishladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening