Выберите язык

Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda iste’molchilar bilan bog‘liq muammolarga amaliy yechim topish borasida Oltinsoy tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda.
Yaqinda Oltinsoy tumani “Bo‘ston” mahallasida yashovchi fuqaro Burоnova Zuhra tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi.
Fuqaro o‘z murojaatida tumandagi “Artel” savdo do‘konidan televizor xarid qilganini, mahsulot uchun kredit asosida to‘lovlarni amalga oshirib kelayotganini bildirgan. Biroq kredit to‘lovi sifatida bir oy davomida ikki marotaba, har safar 450 ming so‘mdan mablag‘ undirilganidan norozi bo‘lib, mazkur holatga oydinlik kiritishda amaliy yordam so‘ragan.
Murojaat Oltinsoy tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan belgilangan tartibda o‘rganildi. Jamiyat rahbari D. Qo‘shoqova tomonidan fuqaroning murojaati yuzasidan tegishli tashkilotlar va “Artel” savdo do‘koni bilan amaliy ishlar olib borildi.
O‘rganishlar natijasida kredit to‘lovi bo‘yicha iste’molchidan ortiqcha mablag‘ undirilgani aniqlandi. Fuqaroning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash maqsadida ortiqcha undirilgan mablag‘ iste’molchi foydasiga hal etilib, uning keyingi kredit to‘lovlariga o‘tkazib berildi.
Shu tariqa fuqaroning murojaati ijobiy hal etilib, iste’molchiga yetkazilgan noqulaylik bartaraf qilindi.
Murojaati qisqa muddatda va qonuniy asosda hal etilganidan mamnun bo‘lgan fuqaro Burоnova Zuhra Oltinsoy tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati rahbariyati va xodimlariga o‘z minnatdorligini bildirdi.
Mazkur holat fuqarolarning iste’molchi sifatidagi huquqlarini bilishi va zarur hollarda ularni himoya qilish uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilishi muhim ekanini ko‘rsatadi. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari esa bunday murojaatlarni qonunchilik asosida o‘rganib, fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklashga amaliy ko‘mak ko‘rsatib kelmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening