Bugun Bo‘stonliq tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada jamiyatning hisobot davridagi faoliyati, amalga oshirilgan ishlar, iste’molchilar huquq va manfaatlarini himoya qilish yo‘nalishida olib borilgan targ‘ibot-tushuntirish ishlari, jamoatchilik monitoringi hamda fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash natijalari atroflicha muhokama qilindi.
Tadbir davomida jamiyat tomonidan iste’molchilarning qonuniy huquqlarini ta’minlash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, iste’mol bozorida iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar va taklif etilayotgan tovarlar yuzasidan jamoatchilik monitoringi olib borish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, hisobot davrida iste’molchilardan kelib tushgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni o‘rganish va ularning qonuniy yechimini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar ham tahlil qilindi.
Konferensiyada iste’molchilar huquqlarini himoya qilish faqatgina murojaatlarni ko‘rib chiqish bilan cheklanib qolmasligi, balki aholiga o‘z huquqlarini tushuntirish, tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida amaldagi talablar bo‘yicha targ‘ibot olib borish, iste’mol bozoridagi holatni jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganish va aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli choralar ko‘rishga ko‘maklashish muhim vazifalardan biri ekani qayd etildi.
Yig‘ilish davomida jamiyat faoliyatining kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlari ham belgilab olindi. Jumladan, iste’molchilarning huquqiy bilimlarini yanada oshirish, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini kuchaytirish, hududdagi savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida jamoatchilik monitoringlarini tizimli ravishda tashkil etish, tadbirkorlik subyektlari bilan tushuntirish-targ‘ibot ishlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Konferensiya ishtirokchilari tomonidan jamiyat faoliyatini yanada takomillashtirish, iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish mexanizmlarini kuchaytirish hamda aholi bilan ochiq muloqotni rivojlantirish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
Hisobot-saylov konferensiyasi yakunida jamiyatning hisobot davridagi faoliyati yuzasidan tegishli masalalar ko‘rib chiqilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
Bo‘stonliq tumanida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish, aholining murojaatlariga e’tibor qaratish hamda iste’mol bozorida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish jamiyat faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi.
























