Выберите язык

   O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining Navoiy viloyat hududiy birlashmasi tizimida ayni vaqtda 11 ta tuman (shahar)  iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Jamiyatlar tomonidan, mahallalarda, korxona va tashkilotlar hamda muassasalarda 43 ta tayanch guruhlari mavjud bo‘lib ulardagi a’zolar soni 155 008 shundan 18 351 nafari a’zolik badali to‘laydigan 136 657 nafari esa imtiyozli (nafaqadagi (yoshga doir, nogironlik, boquvchisini yo‘qotgan)) a’zolarni tashkil etadi.
 
2026 yilning dastlabki 9 oyida Federatsiyaning Navoiy viloyat hududiy birlashmasi tuman (shahar) jamiyatlariga kelib tushgan 523 ta murojaatning 75%  yani  466 tasi ijobiy hal etilib, iste’molchilar foydasiga qariyb 2,727 milliard so‘m mablag‘ qayta hisob-kitob qilingan. 1091 qisqa raqamiga— 185 ta, Telegram botga 11 ta, Prezident portaliga 2 ta, Bosh prokuratura ishonch telefoniga 9 ta, Tuman shahar jamiyatlariga 316 ta. Aholining huquqiy savodxonligi va iste’mol madaniyatini oshirish maqsadida 28 ta o‘quv seminari va 388 ta davra suhbatlari tashkil etilgan. Ularda iste’molchilarning shartnoma, kassa cheki, mahsulot sifati va kafolat huquqlariga oid bilimlari mustahkamlangan.
Ayni vaqtda viloyatimizning Qiziltepa, Tomdi, Konimex tumanlari hamda Zarafshon shahrida iste’molchilar uyi ma’muriy komplekslari qurulib faoliyat olib bormoqda. 2027-yilning birinchi choragida Navbahor tumanidaham iste’molchilar uyi majmuasi qurib foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Bizning asosiy maqsadimiz — har bir murojaat ortida inson manfaati turganini unutmagan holda, iste’molchilarning qonuniy huquqlarini samarali himoya qilish va aholining huquqiy himoya tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashdan iboratdir.
Bu borada Federatsiyaning Navoiy viloyat hududiy birlashmasi hamda tuman (shahar) jamiyatlari belgilangan chora-tadbirlar asosida ishlarini uzviy davom ettiradilar.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening