Выберите язык

Buxoro viloyati hokimi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati azosi Botir Zaripov va O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
 
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’molchilar huquqlarini samarali himoya qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 296-sonli qarori ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
 
Muloqot davomida viloyatda iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, aholi murojaatlarini tizimli o‘rganish, ularga tezkor va samarali yechim topish hamda fuqarolarning iste’mol madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
 
Alohida ta’kidlanganidek, Buxoro viloyati hokimligi tomonidan nodavlat notijorat tashkiloti hisoblangan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining hududiy birlashmasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, hududiy tuzilmalarning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda ma’muriy binolar bilan ta’minlash masalalari yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
 
Viloyat hokimi B.Zaripov federatsiya tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslar aholi manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab, fuqarolar murojaatlarini chuqur va tizimli o‘rganish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda iste’mol madaniyatini oshirishga qaratilgan barcha tashabbus va loyihalarni amalga oshirishda hokimlik tomonidan doimiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilishini bildirdi.
 
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, viloyatda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha qator amaliy vazifalar belgilab olindi.
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening