Выберите язык

  Karmana tumanida yashovchi fuqaro X.O. Navoiy shahrida joylashgan mebel yasash sexiga oldindan 2 million so‘m to‘lov qilib, mebel jihozlari tayyorlash uchun buyurtma bergan.
🔹 Biroq buyurtma belgilangan muddatda bajarilmagan hamda fuqaroning to‘lagan puli ham qaytarilmagan. Shundan so‘ng fuqaro o‘z huquqlarini himoya qilish maqsadida Navoiy shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma murojaat qilgan.
⚖️ Murojaat belgilangan tartibda o‘rganilib, ijrochi bilan olib borilgan tushuntirish va huquqiy ishlar natijasida muammo ijobiy hal etildi.
✅ Natijada fuqaroning oldindan to‘lagan 2 million so‘m mablag‘i to‘liq qaytarib berildi.
🤝 Iste’molchi huquqlarining qonuniy himoyasini ta’minlash, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning manfaatlarini himoya qilish Navoiy shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening