Выберите язык

Fuqaro A.T mebel sexiga bergan buyurtmasi vaqtida tayyorlanmagani va to‘lagan mablag‘i bo‘yicha amaliy yordam so‘rab murojaat etgan.

Uning aytishicha, u mebel sexiga buyurtma berib, 4 million so‘m oldindan to‘lagan. Buyurtmani 10 iyun kuni tayyorlab, uyiga yetkazib, o‘rnatib berish va’da qilingan. Lekin belgilangan muddatda buyurtma bajarilmagan. Keyin sex xodimlari bilan aloqa qilish ham qiyinlashgan.

Murojaat Chimboy tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganib chiqildi.

O‘rganish davomida fuqaroning buyurtma bergan sexining yopilib qolgani aniqlandi. Masalani hal etish maqsadida tegishli ishlar olib borilib, buyurtmaning boshqa sexda tayyorlanishi va fuqaroning uyiga yetkazilib, o‘rnatib berilishi ta’minlandi.

👉 Shunday qilib, fuqaroning murojaati amaliy yechimini topib, uning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilindi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening