Выберите язык

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening

Andijon viloyatida aholidan kelib tushgan murojaatlar asosida maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari bo‘yicha qonuniylik tiklandi. Natijada 3 milliard 955 million so‘m miqdoridagi to‘lovlar qayta hisob-kitob qilinib, iste’molchilar foydasiga hal etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 414-son qarori hamda viloyat hokimining topshiriqlariga muvofiq, jamoatchilik nazorati asosida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida qator kamchiliklar aniqlangan.

Xususan, 2025–2026-yil qish mavsumida maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatini ko‘rsatuvchi tuman va shahar filiallari tomonidan belgilangan qatnov jadvaliga to‘liq rioya etilmagani ma’lum bo‘ldi. Sovuq ob-havo sharoiti, gaz ta’minotidagi uzilishlar hamda yoqilg‘i yetishmovchiligi sababli maxsus texnikalar faoliyatida uzilishlar kuzatilgan. Natijada ayrim hududlarda chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqilmagan va xizmat sifati belgilangan talablarga javob bermagan.

Mazkur holatlar chuqur tahlil qilinib, amalda ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun undirilgan 3 milliard 955 million so‘m miqdoridagi to‘lovlar bekor qilindi va qayta hisob-kitob qilinib, iste’molchilar manfaatiga yo‘naltirildi.

Mutasaddi tashkilotlar vakillarining ta’kidlashicha, ushbu qaror aholining faol murojaatlari va jamoatchilik nazorati natijasida qabul qilingan adolatli yechim hisoblanadi. Ushbu tajriba iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda ochiqlik va hamkorlik muhim ahamiyat kasb etishini yana bir bor tasdiqladi.