Выберите язык

Federatsiya tizimidagi tashkilotlarga aholi vakillaridan chiqindilarni to‘plash va olib ketish xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyatiga doir murojaatlar kelib tushmoqda. Xususan, ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq hisoblanishi, shuningdek, maxsus texnikaning belgilangan ish-reja grafikka rioya qilmaslik holatlar bo‘yicha shikoyatlar qayd etilmoqda. Murojaatlarni o‘rganish jarayonida aksariyat hollarda iste’molchilar tomonidan keltirilgan vajlar asosli ekani aniqlanmoqda.

Jumladan, Rishton tumanida yashovchi iste’molchi Y.A. o‘g‘li S.R. uchun qurib bitkazilgan uy joylashgan mahalla yangiligi, atrofdagi aksariyat xonadonlar hali to‘liq qurib bitkazilmagani sababli mazkur ko‘chada chiqindilarni to‘plash va olib ketish xizmatlari ko‘rsatilmasligini bildirgan. Shunga qaramay, ushbu uy notarius orqali oldi-sotdi qilinishi jarayonida “Toza makon” billing bazasida mazkur xizmatlar bo‘yicha 162 ming so‘m noreal qarzdorlik mavjudligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan iste’molchi tomonidan Bosh prokuraturaga murojaat yo‘llangan.

Federatsiyaning Rishton tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan murojaat o‘rganilib, hududda chiqindilarni to‘plash va olib ketish xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonaga so‘rov xati kiritildi. O‘rganish natijasida mazkur qarzdorlik iste’molchining kadastr raqami boshqa mahallada yashovchi fuqaro R.B.ga noto‘g‘ri biriktirib qo‘yilgani sababli yuzaga kelgani aniqlandi. Xatolik bartaraf etilgani haqida xizmat ko‘rsatuvchi korxonadan rasmiy javob olindi.

Shuningdek, O‘zbekiston tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro M.Sh. Yaypan guzar mahallasida chiqindilar o‘z vaqtida olib ketilmayotgani, ushbu masala bo‘yicha qilgan murojaatlari e’tiborsiz qoldirilayotganini bildirib, tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma murojaat yo‘llagan.

Mazkur murojaat yuzasidan hududga xizmat ko‘rsatuvchi korxonaga kiritilgan so‘rovga ko‘ra, texnik sabablarga asosan maxsus texnikaning mazkur ko‘chaga kirish ish-reja grafigi o‘zgartirilgani, keyinchalik esa aholiga to‘liq xizmat ko‘rsatilgani ma’lum qilindi. O‘rganish davomida xizmat ko‘rsatuvchi korxona vakillariga amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirish va ogohlantirishlar berildi.

Qayd etilgan holatlar chiqindilarni to‘plash va olib ketish xizmatlarida hisob-kitoblarning shaffofligini ta’minlash, xizmat ko‘rsatish ish-reja grafiklariga qat’iy rioya etish hamda ma’lumotlar bazalaridagi xatoliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish naqadar muhim ekanini ko‘rsatmoqda.

Iste’molchilarning asosli murojaatlariga tezkor va xolis yondashuv, xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan qonunchilik talablariga so‘zsiz amal qilinishi fuqarolarning huquqlarini ta’minlashga, aholi ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bu borada jamoatchilik nazorati va mutasaddi tashkilotlar hamkorligi kelgusida bunday muammolarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening