Выберите язык

 

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali fuqaro P.N. tomonidan murojaat kelib tushdi. Unda iste’molchi Chirchiq shahrida joylashgan “Mayro” tikuvchilik atelyesiga yangi shimni to‘g‘irlash uchun topshirgani, biroq xizmat sifatsiz bajarilgani sababli moddiy zarar ko‘rgani ma’lum qilingan.

Mazkur murojaat Toshkent viloyati hududiy birlashmasi hamda Chirchiq shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib, amaldagi qonunchilik asosida atroflicha o‘rganildi. O‘rganish jarayonida iste’molchining da’vosi asosli ekani tasdiqlandi.

Ko‘rilgan choralar natijasida xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan iste’molchiga yetkazilgan moddiy zarar to‘liq qoplab berildi.

Qonunchilikka muvofiq, sifatsiz bajarilgan ish yoki xizmat natijasida yetkazilgan zarar uchun ijrochi O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 20, 22, 27 va 29-moddalariga asosan javobgar hisoblanadi. Mazkur qonunda ish va xizmatlar sifati, shartnoma majburiyatlari hamda iste’molchilarning huquqlari aniq belgilab qo‘yilgan.

Shu bois, fuqarolar sifatsiz xizmat yoki mahsulot bilan bog‘liq muammolarga duch kelganda, Federatsiyaning 1091 ishonch telefoni orqali murojaat qilib, bepul huquqiy va amaliy yordam olishlari mumkin.

Matbuot xizmati

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening