⚡️Chiroqchi tumanida yana bir isteʼmolchi murojaati ijobiy tarzda hal etildi
Zamonaviy hayotda ichimlik suvi nafaqat kundalik turmushimizning ajralmas qismi, balki aholining salomatligi va farovonligi uchun hal qiluvchi omillardan biridir. Aholiga toza va xavfsiz ichimlik suvi yetkazib berish jarayoni murakkab infratuzilma, uzluksiz xizmat va mas’ul tashkilotlarning e’tiborini talab qiladi.
Murojaatda bayon etilishicha, Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida yashovchi fuqaro Q.M oʻzi yashab kelayotgan xonadonida kunlik ishlovchi ustalarga 3 600 000 soʻmga 7 tonnalik suv saqlash hovuzini qurdirishini kelishib olishgan.
Oradan hech qancha vaqt oʻtmay turib, hovuz bir chetidan suv toshib chiqishini fuqaro bilib qolgan. Holatni tushuntirish maqsadida ustalar bilan yuzma-yuz boʻlib suhbat qilganida , ustalar "ishim koʻp, bekor vaqtim boʻlsa agar, qayta taʼmirlab berishim mumkin" deb aytgan.
Isteʼmolchi shunga ham rozi boʻladi, va yana oradan kunlar oʻtib, ustalar qoʻl telefoniga bogʻlanganida telefonga javob bermay, bepisandlik qilib, qochib yuriydi. Boʻlib oʻtgan voqealikdan koʻngli toʻlmagan fuqaro Chiroqchi tumani jamiyati mutaxassislariga amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan.
Ushbu murojaatni tuman jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganib chiqilib, fuqaro murojaati asosli deb topildi. Yaroqsiz holga kelib qolgan 3 600 000 soʻmlik suv saqlash hovuzi ustalar tomonidan taʼmirlab yaroqli holga keltirib berildi.
✅ Mazkur holat yana bir bor shuni ko‘rsatadiki, iste’molchilarning har qanday e’tirozi e’tiborsiz qolmaydi va ularning huquqlari qonun asosida himoya qilinadi.
























