Выберите язык

Chomanay tumanidagi savdo obyektlaridan birida juda achinarli va xavfli holat aniqlandi.
Sanitar-gigiyena qoidalari, oziq-ovqat xavfsizligi va standartlar talablari bugungi kunda qanday darajada ekanligini ushbu doʻkonning ichki koʻrinishi ochiq-oydin koʻrsatib berdi.

Oziq-ovqat mahsulotlarining kiyim-kechaklar bilan qator qoʻyilishi: Doʻkonda ogʻizga solinadigan oziq-ovqat mahsulotlari (qandolat mahsulotlari) toʻgʻridan-toʻgʻri kiyim-kechaklar, turmushiy buyumlar va kosmetika qurollari bilan birga, hech qanday oraliq qoldirmasdan aralashib sotilmoqda. Bunga suratlarda aniq dalil — bir tarafda kiyimlar ilingan boʻlsa, ikkinchi tarafda ochiq holdagi oziq-ovqat mahsulotlari turibdi.

Xalq isteʼmol qiladigan mahsulotlarga degan bunday beparvo munosabat qanchalik toʻgʻri?

Sanitariya qoidalarining buzilishi: Ziyon yetkazishi mumkin boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlarining bunday antisanitariya sharoitida saqlanishi isteʼmolchilarning hayoti va sogʻligʻiga ulkan xavf tugʻdirmoqda.

Savol tugʻiladi: Sotish qoidalari, sanitar-gigiyena normalari qonun bilan qoʻriqlanadigan boʻlsa, nima uchun ayrim tadbirkorlar xalq sogʻligʻini xavf ostiga qoʻyib oziq-ovqat bilan kiyim-kechakni aralashtirib sotishda davom etmoqda?

Tegishli masʼul idoralar qachon xavfli savdo orylarida nazoratni kuchaytiradi? Xalq salomatligi bilan oʻynashga kim yoʻl qoʻyib yotibdi?

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening