Выберите язык

Chortoq tumani 47-sonli umumta’lim maktabida davra suhbati tashkil etildi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar bilan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, kundalik hayotda uchraydigan muammolarni qonuniy hal etish yo‘llari hamda jamiyat faoliyatining ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir jarayonida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, amaliy misollar asosida tushuntirishlar oldilar. Ayniqsa, ta’lim muassasalarida iste’mol madaniyatini shakllantirish va yoshlar ongida huquqiy bilimlarni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yakuniy qismda esa ishtirokchilar bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, ularni jamiyat faoliyatiga keng jalb etish hamda kelgusida ham shunday uchrashuvlarni davom ettirish bo‘yicha kelishib olindi.

 
 
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening