Выберите язык

Chust tumanida iste’molchilar huquqlariga oid seminar tashkil etildi

Chust tumanida iste’molchilar huquqlarini ta’minlash va aholining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan muhim tadbir tashkil etildi.

Chust tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati hamda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan Chust tuman G‘ovasoy ShFY hududidagi “Shodlik” madaniyat markazida “Iste’molchilar huquqlari – qonun himoyasida” shiori ostida o‘quv seminari o‘tkazildi.

Mazkur seminar aholining huquqiy ongini yuksaltirish, iste’molchilarning o‘z huquqlarini bilishi va ulardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida tashkil etildi. Tadbirda hududdagi fuqarolar, tadbirkorlik sub’yektlari vakillari, mutasaddi tashkilot xodimlari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Seminar davomida mutaxassislar tomonidan iste’molchilarning asosiy huquqlari, xususan sifatli tovar va xizmatlardan foydalanish, zarur va to‘g‘ri axborot olish, zarar yetkazilganda uni qoplash, shuningdek shartnomaviy munosabatlarda iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish masalalari atroflicha tushuntirib berildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga amaliy misollar orqali kundalik hayotda uchraydigan muammolar — sifatsiz mahsulotlar, xizmatlar ko‘rsatishdagi kamchiliklar, noqonuniy savdo holatlari hamda kommunal xizmatlar bilan bog‘liq nizolar yuzasidan murojaat qilish tartibi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir davomida fuqarolarga o‘z huquqlarini himoya qilishda mavjud mexanizmlar, xususan tegishli tashkilotlarga murojaat qilish, yozma va elektron arizalar berish tartibi, shuningdek, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa ishonch telefoni orqali tezkor yordam olish imkoniyatlari haqida ham tushuntirishlar berildi.

Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar hamda ochiq muloqot tarzida muhokamalar olib borildi.

Mazkur tadbir aholi o‘rtasida iste’mol madaniyatini yuksaltirish, fuqarolarning huquqiy bilimini oshirish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening