Выберите язык

Dang‘ara tumanida Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati hamda tayanch guruhlari faollarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tuman jamiyatining faoliyati, iste'molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda joylarda jamoatchilik ishtirokini yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot davomida tayanch guruhlari faollarining mahallalarda aholi bilan ishlashdagi o‘rni, iste'molchilarni qiynayotgan muammolarni aniqlash, ularga huquqiy tushuntirish berish va zarur hollarda amaliy yordam ko‘rsatish muhimligi ta'kidlandi.

Shuningdek, aholi o‘rtasida iste'molchilik madaniyatini yuksaltirish, fuqarolarning o‘z huquqlarini bilishi va ulardan foydalanish ko‘nikmalarini oshirish, iste'molchilar murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish borasidagi vazifalarga alohida e'tibor qaratildi.

Yig‘ilish yakunida tuman hududida iste'molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha jamoatchilik faoliyatini yanada jonlantirish, tayanch guruhlari bilan hamkorlikni mustahkamlash va aholi bilan manzilli ishlashni kuchaytirishga qaratilgan vazifalar belgilab olindi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening